Va mening zorim... Va yana xorligim, xorligim uchun. May, Xudo, muxabbat... Va qatlim dori - Bor azoblaringa borligim uchun! Seni ko'zgu qilib Quyoshga tutgan Mening xudoxoxish yuragim uchun. Xar bir laxza uchun qon yutayotgan, "Seni... Seni..." degan tilagim uchun... Ko'nglim ko'zgusida o'zini ko'rib Senga maftun bo'lgan Sanamlar uchun, Yog'duday yog'ilgan umrimdan yurib Yuragimni yegan g'animlar uchun! Bag'ringga uzalib yetmagan umrim, Umrimning eng maxzun tunlari uchun! Seni tushlarida ko'rib sevingan Men ko'rgan-ko'rmagan kunlarim uchun... senga malol kelgan Sevgim, hayolim, Sevgimday sof, Achchiq yoshlarim haqqi, Menga atalmagan muxabbating-u Menga degan Nafrat toshlaring xaqqi... Xammasi, Xammasi, Xammasi uchun! Ko'zlarimni o'ydim bir o'tkir tig'-la. Senga azob bo'ldi mening borligim, Ketayapman... ...yo'qligim Uchun Jim... YIG'LA!
Xudo shoxid unitolmadim Ko'zlarimga tushgan soyasin. Uzun tunlar takrorlab chiqdim Baxtga o'xshash ishq hikoyasin. Sog'inchining titroqlarida Kipriklari o'qirdi kitob. Sovuqqina jonsiz simlardan Quyilardi ko'ksimga oftob. Ostonamdan kirmay turib U Kirib bo'ldi qonu jonimga. "Sevaman" - deb asta shivirlab O'tlar qo'ydi xonumonimga! Xudo shoxid qanday unitay? Gullar tutdi ajib bir kunlar. Tushimmi deb ko'zimni yumsam - Ko'llarimda xanuz shu gullar... Xudo shoxid, bor edi unda Sevgidan-da yuksakroq tuyg'u. Meni telba etgandi shunda Ruxidagi eng go'zal qayg'u. Nima bo'ldi keyin, bilmadim, Bizni yengdi qanday g'anim g'am. Xudo shoxid, Osmon edi U, Bo'lolmadim qaro tuproq xam!
Siz baxtlisiz... Aqldan ozib, Men jimman. Ishq - umrimga qafas. Yuragimni ezg'ilab bosib Yillar o'tdi, yillar... Men emas! Ko'zingizni qadaysiz ko'kka! Boshingizda aylanadi kun. Kunlarimni berib yo'qlikka, Men yig'ladim balki siz uchun!.. Tushimda ham o'yladim sizni, Izlab chiqdim tushlarimda ham. Ozor ichra, odamzor ichra Yolg'iz sizni qo'msadim, Odam! Ko'zlarim ko'r bo'lguncha ichdim Kir nafratni qora yodini. Ming yil zulm zulmatin kechdim Unutay deb dil faryodini.
Yilla o'tdi, yillar... Men emas! Men qolganman o'sha laxzada - Nigohingiz "yalt" etib tushgan So'ng yo'qolgan mangu larzada... Qo'lingizga tutsa ham Olloh, yuragimga chiqmaysiz ega. Siz sevilib baxtlisiz, biroq... Men baxtiyor emasman nega?
Uyg'onguvchi bog'larni kezdim, Topay dedim qirdan izingni. Yonog'ingdan rang olgan dedim - Lolazorga burdim yuzimni, Uchratmadim ammo o'zingni, - Sen bahorni sog'inmadingmi?
Uzoqlarda zalvorli tog'lar Xayolimni keldilar bosib. Kechdi qancha intizor chog'lar, Vasling menga bo'lmadi nasib, Sensiz men ham, bahor ham g'arib, - Sen bahorni sog'inmadingmi?
Mana, bugun navro'zi olam, Do'stlarimga gullar tutarman. Qaylardasan, sevgili erkam... Qo'limda gul, seni kutarman, Umrim bo'yi chorlab o'tarman, - Sen bahorni sog'inmadingmi?
Hayot kitobimni bexos varaqlab, Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim. Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab. Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob, Yurak boyligidan qilmabman parvo. Meni og‘ushlagan hayot naq oftob, Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim, Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash: Suydim, Erkalandim, Ayrildim, Kuydim, Izzat nima - bildim. Shu-da bir yashash!..