Главная » 2012 » Yanvar » 10 » Yilning eeeeng chiroyli sheri!!!
23:30
Yilning eeeeng chiroyli sheri!!!

...Men qorli bekatda vayron turgan shom,
Sen mendan - hammadan baxtiyor eding...

Просмотров: 638 | Добавил: Ack_13 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Ack_13  
0
2011yilda o'qigan eeeeng chiroyli sherim shu bo'ldi..! Hullas YILNING ENG CHIROYLI SHERI!!!

Usmon Azim -Avto bekatida

O’sha – meni hech kim sog’inmagan shom,
Avto bekatida hayrona turdim.
Boshimni ko’tarib boqdim bir zamon,
Qarshimda bir yigit, bir qizni ko’rdim.

Yigitning paltosi... Yo’q, yodimda yo’q...
Aniq, ko’m-ko’k edi qizning paltosi.
Bellarini quchgan belbog’i ham ko’k,
Hatto ko’m-ko’k edi to’rtta tugmasi...

Yigitning ko’zlari... Eslay olmayman...
Oshkor jaranglatib pinhon o’yini,
Qizning ko’zlarida yoqardi gulxan,
Erkalik va ishqning ma’sum quyuni...

Yigitning yuzida bilmayman, nima...
Ammo qizning yuzi qarshimda ayon:
Uni ko’mgan edi gulgun shafaqqa,
Muhabbat – eng moviy pokiza osmon...

Qor bo’lsa yog’ardi, qizning boshidan,
Kumush tangalarni ayamay sochib.
Shamol titar edi – ko’zi, qoshiga,
Manglayiga tushgan bir tutam sochin.

Yigit... Yigit bilan qancha ishim bor!
Ammo qiz yigitni shunday suyardi –
Ki, goh termulardi hazin, beozor,
Goho qo’llarini ushlab qo’yardi.

Toshkentday shaharda, balki dunyoda,
Yagona – hammadan go’zal edi qiz.
Chiqmasa ham telba orzum ro’yobga,
Bo’zlab qarshisiga cho’kkim keldi tiz!

Yigit... Ammo seni nega o’ylayman,
Hozir ham havasdan muzlaydi etim...
Men qorli bekatda vayron turgan shom,
Sen mendan – hammadan baxtiyor eding.


bu esa 2012yildegi eng kuchli nomzodlardan biri!)))

Abdulla Oripov -Bolalar Shoirlariga Hazil

Soat boʻldi toʻrt yarim,.
Dedi Dilbarga Karim.
Buni eshitdi Gʻulom,
Salim bilan Dilorom,
Shoira-yu, Gulnoza,
Xadicha bilan Roza.
Alisher-u Baxtiyor,
Xurshid, Vitya, Ixtiyor,
Azim, Moyli, Dadashvoy,
Shukur, Ahmad, Adashvoy,
Mavluda-yu, Ilhomjon,
Gʻayrat, Sa’di, In’omjon,
Toshpoʻlat, Yulduz, Zohir,
Zarifa, Mahkam, Omon,
Miraziz, Safar, Rahmon,
Shavkat, Yoʻldosh, Uzoqboy,
Bolta, Tesha, Tuzoqboy,
Eshmirza, Eldor, Jur’at,
Muqimiy bilan Furqat...
Endi soat besh yarim,.
Dedi Dilbarga Karim.


ps: Bu shaxsiy fikr edi!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]