"Sizlardan Alloh haqqi ila, Islom haqqi ila sörayman, aytingchi, Rosulilloh s.a.v Madinaga kelganlarida (u yerda Rumol qudug'idan boshqa chuchuk suv yo'g'idi, musilmonlar suv olib ichomasidi shunda, puli borlar icharidi, puli yo'qlar ichomasidi) "Kim Rumol qudug'ini sotib olib, chelagini musilmonlar chelaklari ila birga qilsa, unga jannat bo'lur" deganlarida, o'zimni molimdan sotib oberganmanmi?! Menga xozirgi shu kunda o'sha o'zim obergan suvdan ichishlikdan man qilyapsizlar, dengizni suvini ichishlikga tog'ri kelyapdi... Sizlardan Alloh haqqi ila, Islom haqqi ila sörayman, aytingchi, masjid o'z ahliga tor bo'lib, Rosulilloh s.a.v. "Kim folonchini hovlisini olib, masjidga qo'shib qo'ysa, unga jannat bo'ladi" diganda, o'zimi pulimdan olib qo'shib qo'yganmidim!? Shu rostmi?! Mashaqqat qo'shinini, o'zimi molimdan ularni taminlaganimda, Rosulilloh s.a.v. menga jannatiy ekanligimi habarini aytganda, shu haqmidi!?"
"Ey mag'rur, o'im xaqida uning mastligi, og'irligi va achchiqligi haqida fikr qil. O'limdan ko'ra haqroq vada bormi! O'limdan ko'ra odilroq hakam bormi! Qalbni qo'rqitish uchun, ko'zlarni yig'atish uchun, jamoatdan ajratish uchun, lazzatlarni ketgazish uchun, orzu umidlarni yo'q qilish uchun o'limni o'zi kifoya emasmi... Ey odam bolasi, bir kun kelib yiqiladigan kuning haqida fikr qil dingmi? Öz makoningdan tor yerga köchishin, dösting hamroxin, oilang seni tashlas hligini, aka ukalaringdan ajrashligingni öyladingmi. Seni yumshoq yotog'ingan olib, ustingga tuproq tashlashlari xaqida fikr qildingmi? Ey molu dunyoni j amlovchi, ey binolarni baland soluvchi, Allohga qasamki, molingdan senga nasib et gani - faqat kafanlikdir!"
"Qachon tong ottirsam, to kech tushishgacha xayot bo'lishimga gumondaman, va qachonki kech kirg'izsam, to tonggacha xayot bo'lishimga gumondaman, bir qadam tashlab ketidan ikkinchisini tashlashga ulgurishimga gumon qilaman, men go'yoki barcha insonlar tiz cho'kkan holda, hisob kitobga chaqirilayotganliklarini ko'rib turgandayman, yana go'yo jannat ahlini nematlanayotganini va do'zax ahlining azoblanayotganini ko'zim bilan ko'rib turgandayman..."
Hazrati Usmon bir kuni hutbaga chiqib gapira olmay faqat yig'laydilar, yig'layveradilar... bu yig'ini ma'nosini juda yaxshi tushunib turgan ummat ham, Halifaning ortidan yig'layverishadi... Keyinchalik anashu hutbada qatnashganlar "Usmonning hutbasidan ko'ra ta'sirliroq hutbani eshitmadik" deyishgan... vaholanki Usmon ibn Affon bir og'iz ham gapirmagan, faqat yig'lagan...
"Siz o'tkinchi bir xayot uyidasiz va umringizni qolgan qismi ham o'tishini kutmoqdasiz, shu holda hanuz o'lim kelmay turib ishlarning eng avzalini qilib olishga shoshiling. Bir qarabsizki, kutilmagan bir soatda ushlanib qolasiz! Unitmangki bu dunyo, yolg'on va aldov ustiga bino bo'lgan, (...) Sizdan avval o'tgan kimsalarning holidan ibrat oling, song sayi harakat qiling va g'aflatda qolmang, zero siz g'aflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob kitob qilishda sira g'aflatga tushilmaydi! Dunyoda ekinlar ekib bölgan, baland koshonalar qurgan va uzoq vaqt zavqu safo surgan dunyoning o'g'illari birodarlari bugun qayerda!? Dunyo ularni yutib yubormadimi..."
"Sizlar xohlagancha ilm o'rganaveringlar. Allohga qasamki, amal qilmaguningizcha Alloh sizlarga uning uchun ajr bermaydi. Ahmoqlar himmati rivoyat qilish, ulamolar himmati rioya qilishdir."
"Bizga nima bo'ldi, dinimizni oriqlatib, dunyoimizni semirtirdik, ahloqlarimiz buzildi, oramizda shundaylar borki, topgan taomi shubxali, chuchuk narsani yegandan keyin orqasidan shirin talab qiladi, sovuq narsani yegandan keyin issiqni yeydi, quruq narsani yeb turib orqasidan xo'lni yeydida, qorni ishib, bo'kib: "ooo' hizmatchi bola bizga xazm qiladigan taom opkegin" deydi..."
"Qora tuproq qa’ridan tortib, to Zuhal cho‘qqisigacha bo‘lgan dunyoning hamma mushkul masalalarini hal qildim. Men har qanday makr va hiyla tuzog‘idan qutilib chiqa oldim-u, ammo o‘lim tugunini yecha olmadim..."
"Bir dirxamga xurmo po'stlog'ini sotib olaman. Undan savat to'qib, uch dirxamga sotaman. Shu uch dirxamdan bir dirxamini joyiga qo'yaman. Bir dirxamini esa oilamga sarf qilaman. Qolgan bir dirxamini sadaqa qilaman... Garchi Umar ibn Xattob meni bu ishdan qaytargan bo'lsada, aslo bu ishimni tashlamayman..." (Salmon Forsiy...) Zero u bir yilda 4000-6000 dirxamgacha (oylik) olar edi! biroq barcha mablag'ini faqir va miskinlarga taqsim qilar, bir dirxamini ham o'ziga olib qolmasdi...
"Munofiqni alomatlari sanalganda to'rtta digan Payg'ambarimiz s.a.v. Gapirsa yolg'on gapiradi. Vada bersa xilof qiladi. Omonat qo'ysen hiyonat qiladi va Urishib qolsa ochiq dushmanchilikka o'tadi! Shu to'rtta sifatdan kimda to'ralasi bo'sa xolis munofiq! Agar bittasi bo'sa, munofiqlikdan bir qismi bor..."
"Uch narsa do'stingga bo'lgan muxabbatingni uning yuragiga yaqin qiladi. Undan oldin salom berishing, o'zi yaxshi ko'rgan ism yoki laqab bilan chaqirishing, yig'ilishlarda unga joy olib qo'yishing..."
"Aqlli inson yaxshilikni yomonlikdan ajrata olgan odam emas. Xaqiqiy aql sohibi, ikkita yomon ishdan qaysi birining zarari ko'proq ekanini bilolgan odamdir..."
"Odamlar faqirlikni yomon ko'radi, men yaxshi ko'raman. Odamlar kasallikni yomon ko'radi, men yaxshi ko'raman! Odamlar o'limni yomon ko'radi... men yaxshi ko'raman..!" (Abu Dardo r.a.)
"Dining bo'lsa xurmating bor degani. Aqling bo'lsa, o'zliging va nasabing bor, degani. Yaxshi xulqing bo'lsa, muruvvating bor demak. bular yo'q bo'lsa, eshakdan xam yomon degani... (Umar ibn Xattob r.a.)
"Bilasizlarmi, ko'zi ochlik miskinlikdir. Ko'zi to'qlik xaqiqiy boylik. Inson bir narsaga erishish orzusidan voz kechsa, o'sha narsaga muxtoj bo'lmaydi. Biz "faravon xayot" sabr qilib yashashda ekanligiga ishonch xosil qildik..." (Umar ibn Xattob r.a.)